Ruslan Abdullaev: Maqsadim - chempion bo‘lib, O‘zbekiston bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarish

  • 4 may, 2023, 15:27
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.

Tecno

Ruslan Abdullaev -63,5 kg vazn toifasida ispaniyalik Oer Ibarrechega qarshi ringga ko‘tarildi. E’tiborlisi, hamyurtimiz birinchi raundning o‘zida raqibini texnik nokautga uchratib, muddatidan avval g‘alaba qozondi.

Jangdan so‘ng bokschimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

ruslan-12

- Ikkinchi jangimni ham g‘alaba bilan tugatganim yaxshi bo‘ldi. Murabbiylarimiz o‘rgatgan taktikani qo‘llab, birinchi raundda jangni tugatdim. Endi keyingi jangga tayyorgarlik ko‘ramiz. Maqsadim - chempion bo‘lib, O‘zbekiston bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarish, - dedi Ruslan Abdullaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!