
Rustam Ashurmatov Superligaga qaytishi mumkin!
Xabaringiz bor, Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi transferlar oynasini "portlatmoqda".
"Yo‘lbarslar" hozirga qadar Eldor Suyunov, Toma Tabatadze, Jamshid Iskanderov, Jamshid Boltaboev, Abror Ismoilov, Yovan Jokich, Farrux Sayfiev, Muhammadali G‘iyosov, Shohrux Gadoev, Ikrom Aliboev, Vladimir Yovovich kabi yirik transferlarni amalga oshirdi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, farg‘onaliklar transfer oynasidagi yurishini davom ettiradi. Jamoa markaziy ximoya chizig‘i uchun sifatli ijrochi izlamoqda. Klub shortlistida "Nasaf" bilan chempion bo‘lgan Igor Golban va "Rubin" safidagi legionerimiz Rustam Ashurmatovlar bor.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Ashurmatovning Qozon klubidan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Rashid Rahimov terma jamoamiz etakchilaridan birini o‘z rejalarida ko‘rmayapti.
Fikrlar