
Rustam Ashurmatovning jarohati qanchalik jiddiy?
Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov Kamerunga qarshi bahsda jarohat olib, maydonni erta tark etgan edi. Tekshiruv xulosalariga ko‘ra, futbolchining jarohatiga lat eyish tashxisi qo‘yilgan. Mutaxassislarning fikricha, bu suyak to‘qimalarining jiddiy jarohatini keltirib chiqarmagan.
Davolash-tiklanish jarayoni boshlab yuborilgan bo‘lib, futbolchimiz ertadan individual mashg‘ulotlarda ishtirok etishi kutilyapti. Shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, u Kosta-Rikaga qarshi bahsda ishtirok etmaydi.
Manba: O‘FA matbuot xizmati.
Fikrlar