
Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlarimiz Elit OChLda ishlashadi
Xabaringiz bor, Elit Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqich bahslari o‘z yakuniga etmoqda. Sharq mintaqasi 6-turi doirasida «Sentral Kost Mariners» jamoasi «Yokogama» klubiga qarshi saf tortadi.
Ushbu to‘qnashuvda o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi ish olib boradi. Rustam Lutfullin uchrashuvni boshqarib borsa, unga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Alisher Usmonov yordam beradi. Ahrol Risqullaev zaxira hakami, Firdavs Norsafarov VAR hakami hamda Rahimbek Karimov AVAR hakami sifatida qayd etilgan:
Elit Osiyo Chempionlar ligasi | Guruh bosqich, 6-tur
«Sentral Kost Mariners» - «Yokogama»
03.12.2024 | 13:00
Hakamlar:
Rustam Lutfullin (Bosh hakam)
Sanjar Shoyusupov (1-Yordamchi hakam)
Alisher Usmonov (2-Yordamchi hakam)
Ahrol Risqullaev (Zaxira hakami)
Firdavs Norsafarov (VAR hakami)
Rahimbek Karimov (AVAR hakami)
Vakillarimizga ushbu uchrashuvda omad tilaymiz!
Fikrlar