
Rustam To‘laganov va Murat Gassiev bitta jang kechasida ringga ko‘tarilishadi
Hamyurtimiz Rustam To‘laganov 25 aprel kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi. Aynan ushbu boks oqshomida rossiyalik Murat Gassiev o‘zining super og‘ir vazn toifasidagi debyut jangini o‘tkazishi ham ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, yana uch nafar o‘zbekistonlik professional charmqo‘lqop ustalari Odiljon Arslonov, Ulug‘bek Mubinov hamda Shukurjon Rahimovlar 21 mart kuni bitta jang kechasida ringga ko‘tarilishadi. Bu borada BOXER TV manbalari xabar bermoqda.
Fikrlar