
Sabina Sharipova juftlik bahslarida finalga yo‘l oldi
Tennis bo‘yicha Tailandda o‘tkazilayotgan musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova juftlik bahslarida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Nontaburi shahrida davom etayotgan turnirning yakkalik bahslarida yarim finali muvaffaqiyatsizlikka uchragan Sabina, juftliklar o‘rtasida meksikalik Viktoriya Rodrigez bilan birgalikda mezbonlar vakili Mananaya Savangkaev va Tamarine Tanasugarnni yarim finalda 7:6, 6:1 hisobida taslim qildi.
Endi ular so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida AQSh vakillari Lorrayn Jillermo hamda Maygan Manass bilan bosh sovrin uchun kuch sinashadi.
Fikrlar