Sabina Sharipova Xitoyda o‘zini ko‘rsatmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xitoyda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF tomonidan sovrin jamg‘armasi 15.000 AQSh dollari bo‘lgan nufuzli turnirda chorak finalga chiqdi.

Musobaqaning birinchi davrasida Sabina xitoylik Sun Ziyuga qarshi kortga chiqib, 6:3, 6:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi davrada yana bir mezbon tennischi Shuo Fengni 6:3, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa Sabina Sharipova musobaqaning chorak finalida xitoylik Ao Gai va Shuyue Ma o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!