
Sabina Sharipova yakkalik bahslarini bugun boshlaydi
Tailandning Xua Xin shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Fyuchers" turkumiga kiruvchi musobaqaning yakkalik bahslari boshlandi.
Unda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova munosib ishtirok etmoqda. Sabina kuni kecha juftlik bahslrarini g‘alaba bilan boshladi.
Bugun esa, yakkaliklar o‘rtasida kortga chiqadi. Qur’a natijasiga ko‘ra, S.Sharipova ilk davrada rossiyalik Valentina Ivaxnenkoga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar