Sablyachilarimiz U20 yosh toifasida tashkil etilgan Jahon kubogi bosqichida ishtirok etishdi

  • 16 dekabr, 2024, 15:23
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Boshqalar
BEPUL PROPAN

Sablyachilarimiz U20 yosh toifasida tashkil etilgan Jahon kubogi bosqichidagi ishtiroklarini yakunlashdi. Vengriyada kechgan bellashuvlarda qizlarimiz jamoaviy dasturda kumush medalga ega chiqishdi.

Qizlarimiz musobaqani jiddiy raqiblardan biri Koreya Respublikasi ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshlashdi. Shundan so‘ng chorak finalda Polsha, yarim finalda Buyuk Britaniya mag‘lub etildi. Chempionlik bahsida esa mezbonlar 45:42 hisobida ustun kelishdi.

Bellashuvlarda yakkalik bahslarida ham kumush medalni qo‘lga kiritgan Gulistan Perdibaeva, shuningdek, Fernanda Errera, Samira Shokirova hamda Ayako‘z Jumamuratova yurtimiz sharafini himoya qilishdi. Afsuski, Germaniyada tashkil etilgan yigitlar o‘rtasidagi bahslarda hamyurtlarimiz chorak finalda mezbonlarga imkoniyatni boy berishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!