
Sadio Mane: “Qolgan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz shart”
“Liverpul” vingeri Sadio Mane “Sautgempton”ga qarshi kechadigan o‘yin avvalidan o‘z fikrlarini bildirdi.
“Biz qolgan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz kerak. Hatto bu oson vazifa bo‘lmasa ham. Biroq “Liverpul” har bir o‘yinni yuta oladi, chunki bizda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Ayni vaqtda ko‘rsatayotgan o‘yinimizdan muxlislarimiz rohat olishmoqda. Ajoyib o‘yinlar namoyish qilgan holda har bir raqibimizni mag‘lubiyatga uchrata olamiz”, - deydi Mane Liverpool Echoga bergan intervyusida.
Fikrlar