Saidjamshid Jafarov ham qozog‘istonlik bokschiga finalda yutqazdi. Hamyurtimiz kumush medal va 100 ming dollarga ega chiqdi

  • 14 may, 2023, 18:32
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z poyoniga etmoqda. Bugun ikkinchi kungi final janglari o‘tkaziladi.

-71 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarov qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 18:00dan so‘ng start oladi.

Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz ko‘k formada, uning raqibi ko‘k libosda harakat qiladi.

saidjamshid-01

Ilk raund Aslanbek foydasiga - 5:0.

Ikkinchi raundda Saidjamshidning ustunligi qayd etildi - 2:3.

Uchinchi raundda ham Aslanbekning qo‘li baland keldi - 5:0. Yakuniy hisob 5:0 qozog‘istonlik bokschi foydasiga.

Shu tariqa, Saidjamshid Jafarov jahon chempionatini kumush medal bilan yakunladi va 100 ming dollar pul mukofotiga ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
● 10 ●
14/05/2023 18:41
Бу гирт далбаёб экану.
Наглый ютказди. Кучи етмади.