
Saka "Real"ga qarshi bahsgacha safga qaytadimi? Arteta to‘liq javob berdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Bukayo Sakaning maydonga qaytishi borasida ijobiy yangilik bilan bo‘lishdi.
"Keyingi hafta safimizga qaytadi. Umid qilamanki, to‘p ham uning oyoqlari ostida bo‘ladi. Bu esa u yugurib, zarba bera boshlaydi degani. U allaqachon maydonda ancha ishladi. Endigi bosqich – uni yanada raqobatbardosh mashg‘ulotlarga qo‘shish va qanday moslashayotganini ko‘rishdir.
Bukayo uzoq davom etgan jarohatdan so‘ng to‘liq tiklanish yo‘lida davom etmoqda va tez orada “Arsenal” safida maydonga qaytishi kutilmoqda" - deya qo‘shimcha qildi, "kanonirlar" bosh murabbiyi.
Ma’lumot o‘rnida. angliyalik vinger o‘tgan yilning 21 dekabrida jarohat olib, safdan chiqqan edi.
Fikrlar