
Salixamijich: EChLda g‘olib chiqishi uchun "Bavariya"ga 100 millionlik futbolchi shart emas
Myunxenning “Bavariya” klubi sobiq yarim himoyachisi Xasan Salixamijich nemis grandining ayni damdagi transfer siyosatini ma’qullamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra myunxenliklar tez orada nafaqat Bundesligada, balki Chempionlar ligasida ham muvoffaqiyatlarga erisha oladi.
“Bizning maqsadimiz Chempionlar ligasida g‘olib chiqish. Bu turnirda g‘olib chiqish ajoyib his-tuyg‘ularni beradi. Jamoalar hozir transfer bozorida aqldan ozishmoqda. Ha, zo‘r futbolchilar bor. Ammo, ular jamoani kuchli qila olishiga hech kim kafolat bermaydi. EChLda g‘olib chiqishi uchun “Bavariya”ga 100 million evrolik futbolchi kerak emas. Bizda ajoyib jamoa bor va uning uchun yangi mavsum omadli bo‘ladi”, - deydi bosniyalik futbolchi Goal internet-nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar