
Saloh "kuchli beshlik"dan joy oldi
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Angliya chempionati 21-turida "Vest Xem" darvozasini ikki bor aniq nishonga oldi.
Squawka Football ma’lumotiga ko‘ra, misrlik futbolchi ushbu o‘yindan so‘ng APLdagi gollari sonini 90 taga etkazib oldi. Shu tariqa u Angliya chempionatida eng ko‘p gol urgan afrikalik futbolchilar ro‘yxatida beshinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
Salohdan oldinda uning jamoadoshi Sadio Mane (91), "Everton" va "Portsmut" sobiq futbolchisi Yakubu Ayegbeni (95), "Arsenal", "Tottenxem" va "Manchester Siti" sobiq forvardi Emmanuel Adebayor (97) va "Chelsi" afsonasi Dide Drogba (104) o‘rin olgan.
Fikrlar