Saloҳ mavsum oxirigacha safdan chiqdi, JCh-2026gacha tiklanishi kutilmoqda
Misr milliy jamoasi direktori Ibrohim Hassan terma jamoa vingeri Muhammad Saloh mavsum oxirigacha maydonga qaytmasligini ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchining son orqa qismi mushagida uzilish aniqlandi va tiklanish uchun to‘rt hafta vaqt talab etiladi.
Shu tariqa, Saloh joriy mavsumda "Liverpul" safida boshqa o‘yinlarda ishtirok etmaydi. Shuningdek, xabarda ta'kidlanishicha, u yozda klubni tark etadi.
Ayni paytda, misrlik yulduzning JCh-2026ga qadar to‘liq tiklanishi kutilmoqda.
Jarohat tufayli Saloh 29 may kuni Qohirada bo‘lib o‘tadigan Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini ham o‘tkazib yuboradi.

Fikrlar