Saloh nega jamoa bilan shartnomasini uzaytirgani haqida gapirdi
Xabaringiz bor, bir necha daqiqa oldin Muhammad Saloh "Liverpul" bilan shartnomasini yana ikki mavsumga uzaytirdi.Ushbu voqeadan so‘ng 32 yoshli yulduz nega jamoada qolishga qaror qilgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Albatta, xursandman. Bizda hozir ajoyib jamoa bor. Ilgari ham shunday jamoa bo‘lgan. Lekin men yana shartnoma imzoladim, chunki bizda boshqa sovrinlarni yutish imkoni bor, deb o‘ylayman.
Kareramdagi eng yaxshi yillarni shu erda o‘tkazdim. Men “Liverpul”da sakkiz yildan beri o‘ynayapman. Umid qilamanki, bu raqam o‘n yilgacha etadi. Bu erda hayotdan, futbolimdan zavq olayapman. Shu bilan birga, faoliyatimdagi eng zo‘r yillar shu erda o‘tdi.
Muxlislarga aytmoqchimanki, men bu erda bo‘lishdan juda-juda baxtliman.
Bizni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiring, biz esa qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz va kelajakda yana ko‘p sovrinlar yutamiz" – deya ta’rif berib o‘tdi misrlik yulduz.



Fikrlar