Saloҳni Italiyaga chaqirishdi
2017 yildan beri “Liverpul” sharafini himoya qilib kelayotgan misrlik Muhammad Saloҳ joriy mavsum yakunlangandan keyin klubni erkin agent sifatida tark etadi.
Speedline nashri ma'lumotlariga ko‘ra, tarkibini kuchaytirishni maqsad qilgan “Yuventus” klubi misrlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Turin klubi kelasi mavsum oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan va buning uchun eng avvalo tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishi talab etiladi.
“Yuventus” jamoasi bosh murabbiyi Luciano Spalletti Saloҳni hujumning yakuniy qismiga tajriba va sifat olib kira oladigan eng yaxshi variantlardan biri, deb hisoblamoqda.
Muhammad Saloҳ 2017 yilda 42 million yevro evaziga “Liverpul”ga transfer qilingunga qadar “Roma”da muvaffaqiyatli to‘p tepgan va A Seriyani juda yaxshi biladi.
Joriy mavsumda Muhammad Saloҳ mersisaydliklar safida barcha musobaqalarda 40 ta uchrashuvda qatnashib, 12 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar