Salohni sobiq jamoasiga qaytarishmoqchi

  • 7 may, 2021, 21:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh yana "Chelsi"ga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 28 yoshli misrlik futbolchining xizmatlariga shaxsan "aristokratlar" ustozi Tomas Tuxel jiddiy qiziqib qolgan. Biroq "Chelsi" rahbariyatining bu boradagi asosiy transfer maqsadi baribir Romelu Lukaku ("Inter") va Erling Xoland ("Borussiya" D) bo‘lib qolmoqda.

Saloh joriy mavsum "Liverpul" safida jami 46 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 29 ta gol hamda 4 ta assist yozdirib qo‘ydi. Uning ayni damdagi transfer narxi 110 million evroga baholanmoqda.

Saloh 2014-2016 yillarda "Chelsi" safida to‘p surgan va 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!