Sambo Rossiyadagi xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi va sportdagi faoliyatini yakunladi
4-6 dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Dzerjinsk shahrida sambo bo‘yicha xalqaro turnir tashkil etildi.
Kattalar o‘rtasida Evropa chempioni Vladimir Kulikov xotirasiga bag‘ishlangan 30-an’anaviy xalqaro turnirda hamyurtimiz Ne’mat Yoqubov (-98 kg) ham ishtirok etdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Musobaqada hamyurtimiz Islom Adilov hakam sifatida ishtirok etdi.
Ushbu jang yakunlangach, Ne’mat Yoqubov professional sambodagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi va o‘z oyoq kiyimini ramziy ma’noda gilamda qoldirib ketdi.
Ma’lumot uchun, Ne’mat Yoqubov ikki karra JCh kumush medali sohibi, uch karra Osiyo chempioni, 2017 yilgi yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari g‘olibi hisoblanadi. Bu haqda O‘zbekiston Sambo assotsiatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar