
Sambochilarimiz jahon chempionatini 13 ta medal bilan yakunlashdi!
8-10 noyabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Astana shahrida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada dunyoning 80 dan ortiq mamlakatidan 500 nafarga yaqin sportchi medallar uchun kurash olib bordi.
Uch kun davom etgan jahon chempionati yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi Alisher Alimov boshchiligida va murabbiylar Jahongir Qoraboev, Roman Shakirov hamda Ekaterina Bliznetsova qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi.
Umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni sambo vatani hisoblangan Rossiya mamlakati sportchilardan iborat FIAS 1 jamoasi egalladi. Ikkinchi o‘rin esa mezbon Qozog‘istonga nasib etdi. Kuchli uchlikka FIAS 2 jamoasi yakun yasadi.
Terma jamoamiz tarkibida quyidagi sportchilarimiz sovrindor bo‘lishdi:
Oltin:
-58 kg: Ilhom Parmonov
-59 kg: Shahzoda Azatova (jangovar sambo)
Kumush:
-54 kg: Gulsevar O‘roqova (jangovar sambo)
-58 kg: Lutfulla Saydamatov
-64 kg: Sardor Olimjonov
-80 kg: Mavluda Abdullaeva (jangovar sambo)
-88 kg: Sohibjon Hasanboev (jangovar sambo)
-98 kg: Ozodbek Murotov (jangovar sambo)
-98 kg: O‘lmas Raimov (ko‘zi ojizlar o‘rtasida)
Bronza:
-59 kg: Ibodatxon Agajonova
-64 kg: Isoqjon Abdurahmonov (ko‘zi ojizlar o‘rtasida)
-65 kg: Feruza Boboqulova (jangovar sambo)
+98 kg: Ziyod Hakimboev (jangovar sambo)
Murabbiylar: Roman Shakirov, Ekaterina Bliznetsova, Jahongir Karabaev.
Musobaqa davomida hamyurtimiz Islom Adilov bosh hakam o‘rinbosari, Ulug‘bek Rahmonov, Rustam Adilov, Murodxon To‘raev va Oybek Fayzibaev hakam sifatida faoliyat olib bordi.
O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi ushbu muvaffaqiyatli ishtirok bilan sportchi va murabbiylarimiz, ularning yaqinlari va sambo muxlislarini muborakbod etadi.
O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Fikrlar