Samvel Babayan: "Biz yangi jamoa qurayapmiz. Asosiy maqsad chempionatga puxta tayyorgarlik ko‘rish"

  • 17.01.2026 11:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Andijon” jamoasining Antaliyadagi mashgʻulotlari reja asosida olib borilayapti.

"Burgutlar" Turkiya yigʻini doirasidagi ikkinchi oʻrtoqlik uchrashuvining Vengriyaning “Vashash” klubiga qarshi oʻtkazdi va 0:4 hisobida magʻlubiyatga uchradi. Lekin bu oʻrtoqlik oʻyini va unda natija muhim ahamiyat kasb etmaydi. Murabbiylar uchun asosiysi, jamoa oʻyinini yaxshi shakllantirishdan iborat.

Ushbu uchrashuvdan keyin bosh murabbiy Samvel Babayan klub matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirdi:

“Birinchi boʻlimda biroz eksprimenal tarkibni tushirdik, yosh futbolchilarga oʻynash imkonini berdik. Markaziy himoyada oʻz joyiga ega boʻlmagan futbolchilar harakatlandi. Ishtiyoq boʻlgani bilan har jabhada oʻyin chiqmadi. Ikkinchi boʻlimda esa optimal tarkib maydonga tushirildi. Oʻyinni oʻzgartirib, vaziyatlar yaratildi. Tushunarsiz gol oʻtkazib yuborildi. Lekin hujumda vaziyatlar yaratdik. 

Hali qilinadigan ishlar koʻp. Biz hozir optimal jismoniy holatda emasmiz. Yaxshi, yuqori tezlikda harakatlanish uchun birinchi bosqichda yana 20 yanvar sanasida oʻyinimiz bor. Bunda biz funksional va oʻyin tonusiga tushishni maqsad qilib qoʻyamiz. Rejali dasturimizga jiddiy tarzda yondashmoqdamiz. Gol oʻtkazib yuborganimizda hech qim ruhiy bosimga tushgani yoʻq. Bu oʻyin bizga aksincha kamchiliklar ustida ishlashga yordam beradi.

Albatta, hali hech qaysi futbolchilar oʻz formasida emas. Individual dastur asosida ishlayotganlar bor. Bular - Jamshid Boltaboev, Nemanʼya Chalasan, Muhammadkarim Toirov shular qatorida. Martin Boakeni tarkibga kelishini kutyapmiz, bugun u tarkibimizga kelib qoʻshiladi. Asosiy vazifa mavsumga yaxshi tayyorgarlik koʻrish uchun tez fikrlaydigan, tez harakatlanadigan pressing asosida oʻyin namoyish etadigan raqiblarni tanlamoqdamiz. Nazorat oʻyinlarini tahlil qilamiz, xatolar ustida ishlaymiz. Oʻylaymanki, chempionatga optimal formaga tushgan holda kirib boramiz, - deya fikr bildirdi, Samvel Vyacheslavovich. 

"Andijon" klubi Antaliya yigʻini doirasida navbatdagi bellashuvini 20 yanvar sanasida Makedoniyaning taniqli "Vardar" jamoasiga qarshi oʻtkazadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!