Samvel Babayan: "Bu yil oson o‘yinlar bo‘lmaydi"

  • 15 aprel, 2024, 01:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogining “N” guruhidagi markaziy to‘qnashuv  sifatida e’tirof etilgan “Nasaf” – “Navbahor” bahsida mehmonlar 0:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin namanganliklar ustozi Samvel Babayan fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Birinchi navbatda “Navbahor” ishqibozlarini g‘alaba bilan tabriklayman. “Nasaf” bilan o‘yin u xoh chempionat bo‘ladimi yoki Kubok bo‘ladimi, doimo yaxshi darajada o‘tadi. “Nasaf” ham yaxshi o‘yin namoyish etadi. Raqibga ham o‘ynash imkoniyatini beradi. Biz bugun chempionatdagi eng jamoaviy o‘yinimizni namoyish etdik. Uchrashuv boshidan oxirgi soniyalarigacha o‘yinni nazorat qildik, bu hujumda bo‘lsin, himoyada bo‘lsin. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular yuqori saviyada haqiqiy professional tarzda o‘yin qo‘rsatishdi. O‘z pozitsiyalarida yaqqol ustunliklarini namoyish etib, g‘alabaga munosib o‘yin ko‘rsatishdi. Agar Jokich ajoyib imkoniyatdan foydalanganida bahsni ertaroq hal qilib, bunday ajiotajga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardik. O‘tkir Yusupovdan ham minnatdorman. U bugun yaxshi o‘yin namoyish etdi. Yana bir bor ta’kidlayman: uni terma jamoamizning eng lider darvozabonlaridan biri, deb bilaman. Biz uchun qayg‘urgan insonlarga rahmat aytaman. Mavsumni biroz qiyin boshladik. Har bir jamoa ochko olish uchun kurashmoqda. Jamoaga va murabbiylar shtabiga ishonch bildirayotgan insonlardan ham minnatdorman. “Navbahor” bugun sifatli o‘yin namoyish etib, g‘alabaga xaqli erishdi.

- “Navbahor”ga chempionatda chempion bo‘lish osonroqmi yoki Kubokda Kubokni yutishmi?

- Menimcha, bu yil oson o‘yin bo‘lmaydi. Chempionat yoki Kubok doirasida bo‘ladimi, og‘ir kechadi. Umuman olganda, qur’a taqdiriga ko‘ra bu guruhda o‘tgan yilgi finalchilar, yarim finalchilarni ro‘baro qildi. Jiddiy guruh. Biz Kubok yoki chemionat deb o‘yinlarni ajratmaymiz. Hamma o‘yinlar biz uchun muhim. Bu yil hamma o‘yinlar qiyin o‘tadi.

- Bungacha Igor Golban jamoaga kerakligini, himoyada kamchiliklar bo‘layotganini ta’kidlagandingiz. Bugun mudofaa chizig‘i qanday o‘ynadi? Kamchiliklar bo‘lmadimi?

- Igor bugun 20 daqiqa o‘ynadi. U jamoaga qo‘shilganidan so‘ng “Nasaf” himoyasi ancha ishonchli harakatlanyapti. Himoyadagi yakka kurashlarda faol bo‘ladi. Menimcha, Golban “Nasaf”ning himoyasida muhim o‘rin egallaydi. Biz uni olib qolmoqchi edik. Lekin bu o‘zining qarori, hurmatga sazovor yaxshi inson. Do‘stona aloqalarimiz saqlanib qolgan. Ikki yarim mavsumni birga o‘tkazdik. Jamoaga juda katta yordam berdi. Igorga yaxshi o‘yin namoyish etishini tilayman, faqat “Navbahor” bilan o‘yinlarda emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
15/04/2024 16:13
Бабаянни клуб директори вазифасига утказиш керак урнига яхши мураббий олиш керак
Искандар Нарзикулов
15/04/2024 07:25
Сенга гап деса коп коп