"Samvel Babayanning biror klubda ish boshlashi shu ligada intrigani oshiradi". - Babayanni tanqid qilgan Diyor Imomxo‘jaev nega endi bunday fikr bildirmoqda?

  • 9 iyul, 2021, 18:01
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Oxirgi paytlarda Samvel Babayan bilan bog‘liq xabarlar ko‘paymoqda. Jumladan, SPORTS.uz saytida ham. Bugun saytimizda ushbu mutaxassis "Navbahor" bosh murabbiyiga aylanishi mumkinligi borasida ma’lumot chop etildi. PFL rahbari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida balki mana shunday xabarlar sabab o‘z fikrlarini bildirdi. 

Tecno

- Samvel Babayanning biror klubda ish boshlashi shu ligada intrigani oshiradi. Birinchidan, u sovrinlar uchun kurashadigan jamoa qila oladi. Ikkinchidan, akademiyadan etishib chiqayotgan tarbiyalanuvchilarning asosiy jamoaga qadar bo‘lgan yo‘llari qanday bo‘lishi kerakligini yaxshi biladi.

"Navbahor"da murabbiy o‘zgarishi mumkin yoxud bir yildan beri davom etayotgan muzokara nihoyat, yakunlanishi kutilmoqda

3911584125123

Sizda savol bo‘lishi mumkin: Babayanni tanqid qilarding, nega endi bunday fikr degan. Tushuntirish beraman. Har qanday mutaxassisga turli rakursdan qarash mumkin. Reglamentga amal qilsa, boshqalarning huquq va erkinliklariga hurmat bilan munosabatda bo‘lsa va umuman qing‘ir ishlar qilmasa, men Babayan, Abramov yoki istalgan boshqa murabbiyning istalgan klubda faoliyat olib borishini qo‘llab-quvvatlayman. Biz shunday tizim yaratishimiz kerakki, qonunlar, nizomlar har qanday shaxsdan ustun bo‘lishi kerak. Agar shaxslar ulardan ustun bo‘lishga intilayotgan bo‘lsa, u holda ularga qarshi kurashish kerak. Bizning asosiy printsipimiz shu. O‘zaro tiyib turish tushunchasi doim ishlashi shart, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
10/07/2021 01:42
БИЗ ШУНДАЙ ТИЗИМ ЯРАТИШИМИЗ КЕРАККИ, ҚОНУНЛАР НИЗОМЛАР ҲАР ҚАНДАЙ ШАХСДАН УСТУН БЎЛИШИ КЕРАК-ДИЁР ҲАҚ ГАПНИ ГАПИРГАН ШУНИСИГА
О Ф А Р Н.
&
Турсун Ғани
10/07/2021 01:33
ЭНДИ ТАНҚИД ҚИЛИШ УЧУН БАБАЯННИ ЙИРИК 3:0 ҲИСОБИДА ОРТДА ҚОЛДИРГАН АБРАМОВ БОРКУ........ВАДИМ АБРАМОВ. БИЗГА АБРАМОВ ОЛДИДА БАБАЯН ФАРИШТАДЕК КЎРИНИШНИ БОШЛАДИ ДЎСТЛАР..........
&
Abdushukurov O
09/07/2021 21:24
Д. Имомхўжаев, шархловчилик ва журналистликка қайтганингиз яхши экан...