Sancho Germaniyaga qaytish arafasida
"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sancho faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.
Football Insider nashrining xabar berishicha, futbolchi "Borussiya Dortmund" bilan muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Sanchoning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi yakunlanmoqda. Agar tomonlar yangi bitim bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, u erkin agent maqomida klubni tark etadi.
Jeydon Sancho manchesterliklar safida jami 83 ta uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Fikrlar