Sancho Turkiya grandining taklifini qabul qildi

  • 24 iyun, 19:57
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi vingeri Jeydon Sancho Turkiyaning "Fenerbaxche" klubidan shartnoma taklifini qabul qildi, deb xabar bermoqda Sabah Spor nashri. Angliyalik futbolchi yiliga 10 million evro maosh oladi. "Fenerbaxche" hozircha "Man Yunayted" bilan rasmiy muzokaralarga kirishmagan bo‘lsa-da, bitim muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid qilmoqda.

Tecno

Manchester klubi ham Sancho bilan xayrlashishga tayyor, chunki uning 12 million evro miqdoridagi yillik maoshi klubning moliyaviy yukini oshirib yuborgan. Avvalroq futbolchi bilan "Napoli" va "Yuventus" muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.

O‘tgan mavsumda Sancho "Chelsi"da ijarada to‘p surdi. U Konferentsiyalar ligasida jamoa bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi, musobaqada 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, "Chelsi" Sancho bilan Chempionlar ligasiga yo‘l oldi. Biroq London klubi futbolchini to‘liq sotib olmaslikka qaror qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!