“Sanderlend” 33 yil avvalgi rekordni yangiladi
"Sanderlend" Angliya chempionati 24-turining soʻnggi oʻyinida "Börnli"ni magʻlub etdi va bu "Sanderlend" uchun oʻz uy stadionida ketma-ket oʻn ikkinchi magʻlubiyatsiz oʻyin boʻldi.
Bu bilan "qora mushuklar" "Ipsvich"ning 1992/1993-yilgi rekordini yangiladi, oʻshanda yuqori ligaga koʻtarilgan klub mavsum boshidan buyon ketma-ket oʻn bir oʻyinda oʻz uyida magʻlub boʻlmagan. Premyer-ligaga qaytgan "Sanderlend" esa bu rekordni yangiladi.
Ayni damda klub APL turnir jadvalida 32 ochko bilan 8-ʻrinni band etib turishibdi. 25-turda “Sanderlend” musobaqa peshqadami “Arsenal” bilan “Emireyts”da bahs olib borishadi.
Fikrlar