Sane Manega kiyim almashtirish xonasida nima degani ma’lum

  • 15 aprel, 2023, 02:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sadio Mane Leroy Sane bilan mojarodan so‘ng "Bavariya"dagi jamoadoshlaridan uzr so‘radi.

"Bavariya" "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng kiyim almashtiish xonasida Mane Sanening yuziga urgandi. 

Jazo variantlari orasida kelishuvni bekor qilish ham ko‘rib chiqilgandi, ammo Myunxen klubi rahbarlari bunday qilmaslikka qaror qildi. 

Natijada Mane "Xoffenxaym"ga qarshi o‘yindan chetlatildi va 500 ming evro jarimaga tortildi. 

"Tz" nashri xabariga ko‘ra, kiyim almashtirish xonasidagi bahs vaqtida Sane Manega ingliz tilida: "Meni tinch qo‘ying", - degan. 

Qayd etilishicha, Sadio hozir qiyin davrni boshdan kechirmoqda. U bilan yaqin munosabatda bo‘lgan xolasi yaqinda vafot etgan. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!