
Sanjar Fayziev va Sergey Fomin Tailandda kurashga kirishdi
Fayziev dastlabki davrada mezbonlar vakili Pol Uottanakulga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 26 daqiqa davom etgan bellashuv hamyurtimizning 6:1, 7:5 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
Fomin esa 1 soat 9 daqiqa ichida yaponiyalik Daysuke Sumizavani 6:3, 6:1 hisobida mag‘lub etishga erishdi. Ikkinchi davrada Sergey qozog‘istonlik Grigoriy Lomakin bilan, Sanjar esa turkiyalik Marsel Ilhanga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar