Sanjar Qodirqulov: "Yutgan bo‘lsak-da, o‘yin qiyin o‘tdi"
"Dinamo" - "Qaysar" (3:1) uchrashuvida dastlab penalti ishlagan, so‘ng jarima nuqtasidan chiroyli golga mualliflik qilgan Sanjar Qodirqulovning o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Birinchi o‘yinimiz edi, qiyin bo‘ldi. Hisob 3:1 bo‘lgani bilan o‘yin ancha qiyin o‘tdi. Birinchi bo‘lim 1:1 hisobida tugadi, qiynaldik. Ikkinchi bo‘limda esa o‘z o‘yinimizni topdik va shuning evaziga yutdik.
Natijaga jismoniy jihatdan raqibdan ustunligimiz ta’sir qildimi?
Shunaqa desayam bo‘ladi. Birinchi bo‘limda teng kurashdik, ikkinchi bo‘limda esa ulardan yaxshiroq o‘ynab yutdik", - deydi Sanjar Qodirqulov.



Fikrlar