"Santyago Bernabeu"da rekonstruktsiya ishlari boshlandi

  • 26.05.2019 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi "Santyago Bernabeu"ni rekonstruktsiya qilish ishlirani boshladi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra qurilish ishlarini FCC Construction kompaniyasi olib boradi. Yangilangan arena esa 2022 yilning avgustida foydalanishga topshiriladi. Loyihaning qiymati 525 mln evroga baholanmoqda.

Loyihaga ko‘ra stadion atrofidagi savdo markazini buzib tashlanadi va uning o‘rniga bog‘ hamda dam olish xudadi tashkil etiladi. Rekonstruktsiyadan so‘ng "Santyago Bernabeu"ning balandligi 12 metrga yuqorilaydi. Biroq, o‘rindiqlar soni oshirilmaydi. Stadion atrofi bo‘ylab 360 darajali mediaekran joylashtiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!