Sarri yoqimtoyini "Yuventus"ga ham olib kelmoqchi

  • 7 may, 2020, 16:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi yozda “Chelsi” yarim himoyachisi Jorjinoni sotib olishga urunib ko‘rmoqchi. Bu haqda The National nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "keksa sinora" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri "Napoli" va "Chelsi"da birga ishlagan shogirdini Turinda ham ko‘rmoqchi. “Yuve” esa 28 yoshli futbolchi uchun “aristokratlar”ga 40 mln evro to‘lashga tayyor.

Jorjino joriy mavsum “Chelsi” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!