Sarri "Yuventus"ga sobiq shogirdini olib kelmoqchi

  • 18.04.2020 14:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning “Yuventus” klubi yozgi transferlar davrida markaziy hujumchi sotib olmoqchi.

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “keksa sinora” bu borada Mauro Ikardi («Inter»), Gabriel Jezus («Manchester Siti») va Arkadiush Milik («Napoli») kabi hujumchilar nomzodini ko‘z ostiga olib qo‘ygan.

Bu borada Milikning nomzodi favorit sifatida tilga olinmoqda. Boisi, 26 yoshli hujumchi “Yuve” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri bilan «Napoli»da birga faoliyat olib borgan.

Milik joriy mavsum A Seriyada 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!