
Saudiya Arabistoni qo‘shnilarimizni yirik hisobda tor-mor keltirdi
U23 Osiyo Kubogi 1-turi doirasidagi so‘nggi o‘yin nihoyasiga etdi. Unda Saudiya Arabistoni qo‘shnilarimiz Tojikiston ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, birinchi bo‘lim oxirida Al-Yami hisobni ochdi. Ikkinchi 45 daqiqalikda Ayman Yahyo, Haytam Asiri, Moteb Al-Harbi hamda Abdulloh Radif oradagi farqni oshirdi.
Shu tariqa, "sahro lochinlari" turnirdagi ayni paytgacha bo‘lib turgan eng yirik g‘alabaga mualliflik qildi.
Fikrlar