
Saudiya klubi "Barselona" etakchisini diqqat bilan kuzatmoqda
"Barselona" va Frenki de Yong yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirishga umid qilmoqda, biroq hozircha kelishuvga erishilgan emas.
Insayder Matteo Moretto bergan xabarga ko‘ra, Saudiya Arabistonining yirik klubi — "Al-Ittihod" bu vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Hozircha klub Niderlandiyalik yarim himoyachi bilan aloqaga chiqqani yo‘q, ammo agar de Yong "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lmasa, ular aniq qadamlar tashlashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Frenki de Yongning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. 27 yoshli futbolchining transfer qiymati Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra 45 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar