Saudiya klublari "Barselona" yarim himoyachisiga qiziqishmoqda

  • 20 iyun, 22:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

Fermin Lopesga Saudiya Arabistonidan klublar qiziqish bildirmoqda.

Tecno

ESPN nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi bir nechta klublar "Barselona" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq, 22 yoshli futbolchiga Germaniyaning "Bavariya" klubi ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Biroq hozirda na "Barselona", na futbolchining o‘zi transferga qiziqish bildirmayapti va ular hamkorlikni davom ettirish niyatida.

O‘tgan La Liga mavsumida Lopes 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!