Saudiya klublari Vinisius uchun harakatni davom ettirmoqda

  • 25.03.2026 15:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Vinisius Juniornі Saudiya Arabistoniga olib kelish ustida ish davom etmoqda.

Jurnalist Sasha Tavolieri ma'lumotiga ko‘ra, bir necha kun oldin Saudiya ligasi vakillari futbolchining agentlari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Aytilishicha, agar u "Real" bilan shartnomasini uzaytirmasa, braziliyalik transferga ochiq bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, futbolchining o‘zi muzokaralarda ishtirok etmagan.

"Real" prezidenti Florentino Peres esa Vinisiusning jamoada qolishini va yangi shartnoma imzolashini istamoqda. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda, ammo yakuniy qaror futbolchining o‘ziga bog‘liq.

Joriy mavsumda Vinisius La Ligada 28 ta o‘yinda ishtirok etib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!