Saudiya Pro ligasi. “An-Nasr” qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ronaldudan gol!

  • 22.01.2026 00:28
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Saudiya Pro ligasining 17-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “An-Nasr” mehmonda “Damak” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Dastlab, o‘yinning 5-daqiqasida Abdulrahmon G‘arib hisobni ochgan bo‘lsa, 58-daqiqada Krishtianu Ronaldu oradagi farqni ikkita oshirdi. Ammo mezbonlar futbolchisi Jamol Harkass 68-daqiqada hisobni qisqartirdi. Uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi.

Shu tariqa, Jorje Jezus shogirdlarining jamg‘argan ochkolari 37 taga yetdi va ular peshqadam “Al-Hilol”dan 4 ochko ortda bormoqda.

  • Saudiya Arabistoni - Pro Liga
  • Joriy Mavsum
17712.png

Damac FC

  • Jamal Harkass 68'
Tugadi
1 : 2

21.01.2026 22:30

2506.png

An Nasr

  • Abdulrahman Ghareeb 5'
  • Cristiano Ronaldo 50'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!