Saudiya Pro-ligasi. "An-Nasr" Ronaldusiz ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi
"An-Nasr" Krishtianu Ronaldusiz o‘tkazilgan ikki uchrashuvda ham g‘alaba qozondi.
Juma kuni Saudiya Arabistoni chempionati doirasida jamoa "Al-Ittihod"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. 41 yoshli Portugaliya terma jamoasi hujumchisi ushbu bahsda ishtirok etmadi. U bundan avval "Al-Riyad"ga qarshi o‘yinni (1:0) ham o‘tkazib yuborgan edi. Shuningdek, Ronaldu uchrashuvdan keyingi mashg‘ulotda ham qatnashmagani haqida xabarlar tarqalgan.
Avvalroq Krishtianu Saudiya Arabistoni Suveren jamg‘armasi klubni boshqarish uslubidan norozi ekani ma’lum qilingan edi. Ayniqsa, "Al-Hilol" bilan taqqoslaganda yondashuvdan qoniqmayotgani aytilgan. Shuningdek, Ronaldu jamg‘arma klubning chempionlik uchun kurashiga to‘sqinlik qilmoqda, deb hisoblashi va yozda MLS yoki Evropaga ketishi mumkinligi haqida ham xabarlar chiqqan.
Bugun esa Ronalduni "Al-Ittihod"ga qarshi o‘ynashga ko‘ndirishning iloji bo‘lmagani ma’lum qilindi. "An-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush esa vatandoshing pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda va matbuot anjumanlarida ishtirok etmayotgani aytilmoqda.
- Saudiya Arabistoni - Pro Liga
- Joriy Mavsum
An Nasr
- Sadio Mané 84'
- Ângelo 90'
06.02.2026 22:30
Fikrlar