
Saudiyadan mo‘may taklif olgan Genrix Mxitaryan "Inter"da qolishga qaror qilgan
"Inter" futbolchisi Genrix Mxitaryan klub bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
34 yoshli yarim himoyachining yangi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi. Ikkala tomon o‘zaro og‘zaki kelishuvga erishgan. Avvalroq, Mxitaryanga Saudiya Arabistoni klublaridan biri hozirgi maoshidan ikki baravar ko‘p summa taklif qilgani aytilgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Genrix "Inter" safida 2022 yildan beri to‘p tepib kelmoqda.
Fikrlar