Saudiyaliklar 50 nafar legioner oladi. Ro'yhat boshida Saloҳ va Vinisius!

  • 28.01.2026 17:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiya Arabistoni klublari milliy chempionatga xorijdan oʻyinchi olib kelish amaliyotini yanada kengaytiradigan boʻldi. Shayxlar kelasi yoz klublarga kamida 50 nafar legioner olib kelishni rejalashtirmoqda.

Saudiyaliklar katta tayyorgarlik koʻrayotgan bu transfer kampaniyasi 2026 yildgi jahon chempionatidan keyin boshlanadi.

Bu haqida talkSPORT xabar bermoqda.

Manba maʼlumotiga koʻra, Saudiya Arabistoni jamoalarining asosiy nishonlari qatorida Muhammad Saloḥ (“Liverpul”), Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”), Kazemiro (“Manchester Yunayted”), Vinisius Junior (“Real” Madrid) va Robert Levandovski (“Barselona”) kabi mashhurlar bor.

Shuningdek, Angliya Premyer-ligasining bir qator futbolchilari, jumladan Yuri Tilemans (“Aston Villa”), Amadu Onana (“Aston Villa”) va Gabriyel Martinelli (“Arsenal”) ham transfer nishonlari roʻyxatiga kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!