
Saudiyaliklar A Seriya to‘purarlardan birini ilib ketmoqchi
Italiyalik hujumchi Moyze Kin faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. "Corriere dello Sport" ma’lumotiga ko‘ra, Saudiyaning "Al-Kadisiya" klubi 25 yoshli forvardga jiddiy qiziqish bildirmoqda va 52 million evro miqdoridagi to‘lovni amalga oshirishga tayyor. Klub allaqachon futbolchining vakillari bilan bog‘langan.
Shuningdek, Kinga "Manchester Yunayted" va "Fenerbaxche" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Qiziqarlisi, Kinning kontraktda belgilangan chiqib ketish kompensatsiyasi 1 iyuldan 15 iyulgacha amal qiladi.
Biroq, futbolchining o‘zi "Fiorentina"da qolish tarafdori, chunki u JCh-2026da qatnashish umidida. Klub ham uning kelajagiga ishonadi va yaqin vaqtda yangi shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Amaldagi shartnoma 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Ushbu mavsum Moyze Kin A Seriyada 32 o‘yinda 19 ta gol urib, musobaqaning ikkinchi to‘purariga aylandi.
Fikrlar