Saudiyaliklar Levandovskiga tushida ko‘rmagan maosh va’da qildi
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi “Barselona” bilan shartnomasi yakunlanib kelaotgan hujumchi Robert Levandovskini oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqish bildirmoqda.
Shayxlar futbolchini transferga koʻndirish uchun unga yiliga 90 million yevro maosh koʻrsatilgan shartnoma taklif qilmoqda.
Bu haqida Sportowe Fakty nashri xabar bermoqda.
Nashr maʼlumotiga koʻra, polshalik hujumchisi Kataloniya klubi bilan tugayotgan shartnomasini uzaytirmasligi mumkin, chunki unga oʻyin vaqti qisqartirilishi va maosh kamaytirilishi aytilgan.
Shu fonda hujumchi “Al-Hilol” taklifini jiddiy koʻrib chiqmoqda va ehtimol uni qabul qiladi.
Levandovski 2022 yil yozidan buyon “Barselona” safida oʻynab kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 43 ta oʻyinda qatnashib, 18 ta gol va ikkita golli uzatma mualliflik qildi.
Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, futbolchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar