Sayriddin Gaffarov xayriya aktsiyasi Tojikistonda ham katta aks-sado bermoqda!

  • 20 yanvar, 2023, 15:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha klub rasmiy sahifasi orqali sobiq futbolchi Sayriddin G‘afforovning og‘ir betoblikka duchor bo‘lib qolgani va shu sababli uni qo‘llab-quvvatlash uchun xayriya aktsiyasi start olgani to‘g‘risida ma’lumot bergandik.

Quvonarlisi, ehsonparvar, sahovatpesha insonlar ko‘pligi bois Sayriddinning holatiga jim qarab turmayaptilar. Shu bilan birga ushbu xabar Tojikistonda ham o‘ziga yarasha reaktsiya keltirib chiqardi.

Negaki, Sayriddin Tojikiston chempionatining bir qator klublarida to‘p surgani sababli mahalliy jamoalar va muxlislar Gafforovga yordam ko‘rsatish istagi bilan chiqmoqdalar.

Ayni paytda “Neftchi” jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tojikistonlik Farruh Berdiev ham sobiq o‘yinchi haqidagi ma’lumotdan xabar topdi. Natijada “Andijon” klubi matbuot xizmatiga Gafforov masalasida shunday dedi:

- Men Sayriddin G‘afforovni yaxshi taniyman. Ko‘p yillardan beri bilaman. Tojikiston chempionatida “Ravshan” Kulob, “Xosilot-Farxor”, “RegarTadAZ”, “Xo‘jand” singari klublarda o‘ynagan. Aynan 2014 yilda u bilan “Xo‘jand” safida birga to‘p surganmiz. U har bir o‘ynagan klubida etakchi bo‘lgan. Gafforovga nisbatan ham inson, ham futbolchi sifatida hurmatim baland. U kuchli o‘yinchi bo‘lgan, chap oyog‘ida kuchli zarbasiga ega edi. Kuni kecha Sayriddinni rasmlari OAV orqali ko‘rib juda achindim. Juda yaxshi inson. Bunday kasallikka uchraganini bilmagandik. Sayriddin uchun qo‘limizdan kelgan barcha yordamni ayamaymiz. Tojikistonda G‘afforovni juda ko‘plab muxlislari bor. “Ravshan” safida OFK Kubogida ham to‘p surgan. U erda futbolchining ko‘plab do‘stlari ham bor. Shuning uchun tojikistonlik muxlislar Sayriddinni yaxshi taniydilar. G‘afforovga “Neftchi” jamoasi ham qo‘lidan kelganicha o‘z yordamini ayamaydi. Sayriddin bilan tez orada aloqaga chiqib, holidan xabar olamiz.

Rosti, G‘afforovni bunday ahvolda ko‘rib juda chindim. O‘zimiz ham futbol o‘ynaganmiz. Ko‘nglim ezilib ketdi va ko‘zim jiqqa yoshga to‘ldi. Tojikistonda uni qo‘llab-quvvatlaydigan muxlislari nihoyatda ko‘p. Qaerda o‘ynagan bo‘lsa, o‘sha klub rahbarlari hamda futbolchilari barchasi Sayriddinning bugungi holatiga befarq emaslar. Biz tojikistonliklar ham jim qarab turmaymiz”, - deydi Berdiev “Andijon” matbuot xizmatiga.

Hisob raqami: 4073 4200 7787 3325 (VISA)

P/S. Tojikistonlik mehri daryo, sahiy, futbol va inson taqdiriga befarq bo‘lmaganlar uchun: Dushanbe siti kartasidan O‘zbekiston kartasiga xalqaro pul o‘tkazmasi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рустам Бобоев
20/01/2023 15:55
Assalom aleykum! Xudo shifo bersin! Tojikiston kartasidan tawab bo'lmayapti. Dushanbe siti kartasidan