Semedu: Ronaldu La ligada kam gol urayotgan bo‘lsa, bu uning aybi emas, “Real”ning muammosi

CHERY AUTO

“Barselona” klubi va Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Nelson Semedu Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning yangi mavsumdagi o‘yinlari borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Xa, Krishtianu chempionatda oldingidek, ko‘p gol kiritmayapti. Biroq u assistent bo‘lmoqda va EChLda gol urmoqda. Men bunda aybni Ronalduda deb o‘ylamayman. Menimcha, bu “Real”ning muammosi.

Ronaldu chetlatishsa ham, jarohat olsa ham, ko‘p vaziyat yaratmasa ham – maydonda borini beradigan ajoyib futbolchi bo‘lib qolaveradi”, – deb aytib o‘tdi Semedu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!