Sensatsion mag‘lubiyatga uchragan “Barsa”da katta yo‘qotish. Madridga qarshi jang oldidan asosiy yulduz safdan chiqdi

  • 16 dekabr, 2024, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 17-turi “Barselona”ga o‘ta omadsiz keldi. Xans-Diter Flik shogirdlari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida autsayderlardan “Leganes”ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Tecno

Bundan tashqari, kataloniyaliklarning asosiy yulduzlaridan biri Lamin Yamal bahs davomida jarohat olgani ma’lum bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, hujumkor futbolchi to‘piq bog‘lamlarini shikastlab olgan.

Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, Lamin Yamal 21 dekabrga belgilangan muhim uchrashuv – “Atletiko Madrid”ga qarshi bo‘ladigan bellashuvda ishtirok eta olmasligi mumkin.

Klub tibbiyot xizmati mas’ullari tez orada 17 yoshli futbolchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va jarohat darajasi hamda davolanish muddatini aniqlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!