Sensatsiya! Lazizbek Mullojonov kubalik La Kruzni engib, yarim finalga yo‘l oldi

  • 10 may, 2023, 16:53
  • 0
  • Boks

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida chorak finallar boshlanmoqda.

-92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullojonov kubalik Sezar La Kruzga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 16:25dan so‘ng boshlanadi.

Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz ko‘k formada, uning raqibi qizil libosda harakat qiladi.

Birinchi raundda hamyurtimizning qo‘li baland keldi - 4:1.

Ikkinchi raundda ham vakilimizning ustunligi qayd etildi - 3:2.

Oxirgi raundda La Kruz ustunlikka erishdi -2:3. Yakuniy hisob 4:1 va Lazizbek yarim finalga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!