Serena Uilyams: Hovuzning tubiga tushib olmoqchiman
Amerikalik tennischi Serena Uilyams o‘zining onalik tuyg‘usi bilan o‘rtoqlashdi.
“Umuman, bu biroz nohaqlik. Mana Rojer Federerning to‘rt farzandi bor, lekin u deyarli hech qachon «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalarni o‘tkazib yubormaydi. Men esa birgina jajji qizalog‘im bilan oddiy turnirlarda ham ishtirok eta olmayapman.
Agar menda ham egizak farzandlar bo‘lganida, o‘zimni qaerga qo‘yishni bilmas edim. Balki, hovuzning tubiga tushib olar edim”, - deydi Serena Uilyams.

Fikrlar