
Serena Uilyams raqibiga "ko‘rsatib" qo‘ydi
Amerikalik Serena Uilyams tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Uimbldon" musobaqasining uchinchi davrasiga muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Serena "Katta dubulg‘a" musobaqasining ikkinchi davrasida sloveniyalik Kaya Yuvanni 2:6, 6:2, 6:4 hisobida taslim qildi.
Endi S.Uilyamsga navbatdagi bosqichda germaniyalik Yuliya Gyorges qarshilik ko‘rsatadi. Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa London shahrida o‘tkazilmoqda
Fikrlar