
Sergeev adashini ortda qoldirdi! Ahmedovgacha bitta gol
Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Hindiston - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz yirik 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Termamiz safida dastlab Abbosbek Fayzullaev 4-daqiqada bosh bilan zarba yo‘llab, hisobni ochdi. 18-daqiqada Igor Sergeev darvoza ustunidan qaytgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Taym so‘nggiga yaqin Nasrullaev yaqin masofadan deyarli bo‘sh qolgan darvozaga zarba yo‘llab, hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
Qayd etish lozim, hindlar darvozasiga ikkinchi golni kiritgan Sergeev Milliy terma jamoa safidagi gollari sonini 20 taga etkazib olgan holda, bu borada Igor Shkvirinni ortda qoldirdi (19 ta gol). Qayd etish lozim, sobiq sardorimiz Odil Ahmedovga (21 ta) etib olish uchun Sergeev yana bitta gol urishi lozim.
Fikrlar