
Sergey Arslonov: "Erishilgan natija bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz"
“Qizilqum” hamda “Surxon” (0:0) bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Arslonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Uchrashuv kurashlarga boy va qiziqarli kechdi. O‘yindagi vaziyatlardan kelib chiqsak, durang adolatli natija bo‘ldi. O‘yin kam, ammo kurashlarga boy bahs o‘tkazdik, deyishim mumkin.
- Ikkinchi bo‘limda jamoa uzoq masofadan ko‘p zarbalarni berdi. Bu haqida ko‘rsatma berganmidingiz?
- Ha, biz raqibdan kelib chiqib o‘ynadik. «Qizilqum» chuqur himoyaga yotganini hisobga olib, uzoq masofadan zarbalar berdik. Shamol ham mezbonlar darvozasi tomon esayotgandi, bundan foydalanishga urindik. Bu o‘z natijasini berdi, chunki xavfli vaziyatlar sodir bo‘ldi.
- Na «Surxon» va na «Qizilqum» sifatli o‘yin ko‘rsata olmadi, balki ob-havo halal bergandir. Bu fikrga qo‘shilasizmi?
- To‘g‘ri, fikringizga qo‘shilaman, ammo ob-havo yaxshi edi. Futboldan ko‘ra kurashlar ko‘p bo‘ldi. Asosan ikkinchi qavatda.
- «Surxon» jamoasining Superligadagi maqsadi nima? Mavsum kutganingizdek o‘tyaptimi?
- Mavsumdagi natijalardan hayron bo‘lganim yo‘q, jamoamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Biz kutilganidan yuqoridagilimiz mehnatimiz samarasi. Oldimizga yuqori maqsadlarni qo‘yganmiz. Erishilgan natija bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz.
- O‘ral Choriev nega maydonga tushmayapti?
- Yoshlarning o‘yini barqaror bo‘lmaydi, hozir esa unda biroz pasayish bor. Shu sababli uni asosiy tarkibga kiritish qiyin. Yigitcha mahalliy futbolchilardan, qancha ko‘p shunday yoshlar o‘sib borsa, mamlakatimiz futboliga shuncha foyda. Hammasi uning qo‘lida. Hammaga imkoniyat berishga tayyormiz. Lekin e’tibor bersangiz, bugun maydonda Surxondaryo viloyatidan chiqqan Asilbek Jumaev edi. Asilbek haqida o‘tgan matbuot anjumanida ham gapirib bergandim. U juda harakatchan va iste’dodli yigit. Umid qilaman, barcha yoshlarimizga imkoniyat beriladi. Ular o‘ziga taqdim etilgan imkoniyatdan foydalana olsa, kelajagi bor. Hammasi ularning qo‘lida.
- «Surxon» mehmondagi o‘yinlarga 3-4 kun oldin kelmoqda. Bu mahalliy ob-havoga ko‘nikish uchunmi?
- Sabablari ko‘p. «Nasaf» bilan o‘yindan so‘ng tiklanish uchun uyga qaytib, Navoiyga kelish uchun ko‘p vaqt ketar edi. Ko‘nikishga ham vaqt kerak bo‘ldi.
“Surxon” matbuot xizmati.
Fikrlar